“Chelsi” yana to‘rt transferga qo‘l urmoqda

  • 31 iyul, 2022, 22:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan, Tomas Tuxel jamoaga Rahim Sterling, Kalidu Kulibalini jalb qildi.

Ketganlar ham bor. Antonio Ryudiger, Romelu Lukaku va Andreas Kristensen “aristokratlar” safini tark etdi.

Transferlar oynasi yakunlangunicha qadar Sesar Aspilikueta, Markos Alonso, Hakim Ziesh va Timo Verner ketishi kutilmoqda.

Qo‘ldan chiqarilgan transferlar sifatida Natan Ake, Rafinya va Jyul Kundeni keltirish mumkin.

Tuxel klub prezidenti Todd Beliga transfer siyosati bo‘yicha norozilik bildirdi. Shundan so‘ng, klub xo‘jayini yana to‘rtta transferga pul beradigan bo‘ldi.

Tomas Tuxel, ikkita qanot va bitta markaz himoyachisi va to‘purar hujumchi olishni talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!