Tuxel o‘rniga keladigan murabbiy aniq bo‘lib bormoqda
Ralf Rangnik Tomas Tuxel o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod.
"Sky Sports Deutschland" xabariga ko‘ra, "Bavariya" yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga kelgan. Myunxen klubi Rangnikni tayinlamoqchi.
Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi ayni damda "Bavariya" rahbariyati, jumladan, faxriy prezidenti Uli Xyonessning sevimli mutaxassisi hisoblanadi. Myunxenliklar Rangnikka 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishga rozi.



Fikrlar