
Tuxel PSJning ayrim futbolchilariga qo‘shimcha dam berdi
PSJ klubi bosh murabbiy Tomas Tuxel terma jamoa o‘yinlariga chaqirilmagan futbolchilariga qo‘shimcha dam berishga qaror qildi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Shunday qilib ushbu futbolchilar germaniyalik mutaxassis tashabbusi bilan 16 oktyabrgacha hordiq chiqarishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘z tarixida ilk bor Frantsiya chempionatining startida qatorasiga 9ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Parijliklar so‘nggi turda o‘z maydonida “Lion”ni 5:0 hisobida taslim qildi.
Fikrlar