Tuxel: Shu futbolchini olsak, bizni engib bo‘lmay qoladi

  • 2 yanvar, 2022, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jarohat tufayli Ben Chiluelldan uzoq muddatga ayrilgan “Chelsi” uning o‘rnini yopish uchun Evropaning eng kuchli chap qanot himoyachilaridan hisoblangan Teo Ernandesni transfer qilmoqchi.

Ben Chiluell jarohatini operatsiya qilindi va ishlar rejadagidek ketgan taqdirda ham u 2022 yilning noyabrida mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin.  Shunga qaramay, angliyalik himoyachi avvalgi darajasiga qaytishiga hech qanday kafolat yo‘q.

Ma’lumotlarga qaraganda, Frantsiya terma jamoasi himoyachisini “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelning shaxsan o‘zi tanlagan. U Ernandesni chap qanot himoya uchun ideal nomzod, deb biladi.

Bu transferni amalga oshirish uchun “aristokratlar” 40 million evro atrofida mablag‘ tayyorlab qo‘yishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!