
Tuxelning g‘azabi qo‘zidi
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘zini iste’foga chiqarilishini eshitib g‘azablangani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Germaniyalik mutaxassisga klub sport direktori Leonardo uni chaqirtirib, ishdan bo‘shashini aytgani yoqmagan. O‘z o‘rnida, klub hali iste’foni rasman e’lon qilmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar jamoa boshqaruvini Maurisio Pachettinoga topshirishni rejalashtirgan. Tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani aytilmoqda. Qolaversa, argentinalik mutaxassis PSJning bo‘lajak transferlari haqida ham bosh qotira boshlagan.
Fikrlar