Tuxelning taqdiri nima bo‘ladi?

  • 29.05.2023 18:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Tomas Tuxel yaqin vaqtlar ichida "Bavariya"ni tark etish niyatida emas. 

Avvalroq, jamoani mart oyidan buyon boshqarayotgan murabbiy Oliver Kan hamda Xasan Salixamijich iste’fosidan so‘ng klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgandi. 

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Tuxel jamoani tark etish niyatida emas. U direktorlar bilan birga vaziyatga oydinlik kiritilishini kutmoqda, ammo "Bavariya" loyihasida 100 foiz ishtirok etmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!