U-17 Jahon chempionati. Bugun O‘zbekiston o‘z guruhidagi peshqadamga qarshi bahs olib boradi!

  • 08.11.2025 03:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan U-17 Jahon chempionati doirasida bugun quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan):

17:30  Chexiya U-17 — Burkina-Faso U-17
17:30  Uganda U-17 — Chili U-17
18:00  Mali U-17 — Avstriya U-17
18:30  Frantsiya U-17 — Kanada U-17
19:45  AQSh U-17 — Tojikiston
 U-17
20:15  Paragvay U-17 — Panama U-17
20:45  Irlandiya U-17 — O‘zbekiston U-17
20:45  Saudiya Arabistoni U-17 — Yangi Zelandiya U-17

 "J" guruhidan joy olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ham bugun Irlandiya bilan muhim uchrashuv o‘tkazadi. Islombek Ismoilov boshchiligidagi terma jamoamiz hozircha 3 ochko to‘plab, guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. Irlandiyaning ham hisobida 3 ochko bor va ularda to‘plar nisbati yaxshi bo‘lganligi uchun 1-o‘rinda. Quyida guruhdagi holat bilan tanishing.

 Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!