U-17 Jahon chempionati chempioni nomi ma’lum

  • 27.11.2025 23:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuniga etdi. 

Qatarning “Espayr” akademiyasi maydonlarida o‘tkazilgan o‘smirlar mundiali yakunlandi. Final bahsida Evropa qit’asining ikki kuchli jamoasi, Portugaliya va Avstriya terma jamoalari bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Ronalduning vatandoshlari kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Portugallarning yagona goliga  Kabral mualliflik qildi. 

Shu tariqa, Portugaliya o‘smirlari o‘z tarixida ilk bor o‘smirlar mundiali g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!