U-17 Jahon chempionati. Marokash Yangi Kaledoniya darvozasiga javobsiz 16 ta gol kiritdi. Yaponiya esa Portugaliyadan ustun keldi

  • 10.11.2025 02:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Qatar mamlakatida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. “A”, “B”, “C” va “D” guruhlaridagi 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.

Ushbu turda Marokash Yangi Kaledoniya darvozasiga 16 ta gol urdi — 16:0. Osiyo qit’asi vakili Yaponiya Portugaliyani mag‘lub etgan bo‘lsa,  Birlashgan Arab Amirliklari esa Senegalga yutqazdi.

Quyida 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:

Fiji U-17 0:7 Argentina U-17 
 Belgiya U-17 2:0 Tunis U-17 
 Portugaliya U-17 1:2 Yaponiya U-17 
 Marokash U-17 16:0 Yangi Kaledoniya U-17 
 Birlashgan Arab Amirliklari U-17 0:5 Senegal U-17 
 Xorvatiya U-17 3:1 Kosta-Rika U-17 
 Boliviya U-17 0:0 Qatar U-17 
Italiya U-17 3:1 Janubiy Afrika U-17

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!