U-17 JCh. Final va 3-o‘rin uchun bahslar qachon o‘tkaziladi?

  • 24.11.2025 23:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionati ham o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Bugun yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi va finalchilarning nomi ham aniqlandi. 
 
Dastlab, Avstriya terma jamoasi Italiyani ishonchli hisobda taslim etib (2:0), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bellashuvda esa Portugaliya va Braziliya jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, penaltilar seriyasida esa portugallar 6:5 hisobida zafar quchib, ikkinchi final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Italiya va Braziliya terma jamoalari esa 3-o‘rin uchun o‘zaro bahs olib boradi. 
 
3-o‘rin bo‘ladigan bellashuv 27 noyabr kuni 17:30’da start oladi. Portugaliya va Avstriya o‘rtasidagi final uchrashuvi esa shu kuni 21:00’da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!