
U-17 JCh. O‘zbekiston turnirdagi yurishini Maliga qarshi o‘yin bilan boshlaydi
Xabaringiz bor, bugun 17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati boshlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston 1-turda Maliga qarshi maydonga tushadi. Malidan tashqari vakillarimiz Ispaniya va Kanada bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
O‘zbekiston - Mali uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 14:00da start oladi. Quyida ikkinchi va uchinchi tur o‘yinlarining ham vaqti bilan tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston mundialda 3-bor ishtirok etmoqda. Eng yaxshi natijamiz 2011 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda chorak finalga qadar etib borganmiz. 2013 yilda esa vakillarimiz 1/8 finaldan uyga qaytgan.
Fikrlar