U-17 turnirida qo‘llanilayotgan “Video Support Review”, ya’ni chellenj so‘rash kartochkasining qoidasi qanday ishlaydi?
Har bir jamoa uchun bir taym davomida bitta. Agar chellenjdan so‘ng qaror o‘zgartirilsa, ya’ni murabbiy haq bo‘lib chiqsa, +1 chellenj beriladi. Bu davom etaveradi.
Biroq chellenj berilganidan so‘ng qaror o‘z kuchida qolsa, shu bilan taym uchun limit tugaydi. Jarayonning davom etishi siz qanchalik o‘rinli vaziyatda chellenjga murojaat qilganingizga bog‘liq.
VAR yo‘qmi? Chellenj limiti tugab qolganidan so‘ng bosh hakam yaqqol xato qilsa, uni tuzatib bo‘lmaydimi?
Aslida, VAR rostan ham yo‘q. Ya’ni bunda alohida bir brigada, maxsus xonada o‘tirmaydi. Shunchaki, 4-hakam monitor orqali bahsli vaziyatlarni kuzatib boradi va hakamni VAR’ni ko‘rishga chaqiradi. Bunda sifat baribir haqiqiy VAR darajasida emas.




Fikrlar