
U-23 Osiyo kubogi. Birinchi golimiz penaltidan kiritildi, O‘zbekistonda o‘tgan turnirda ham ilk golimiz nuqtadan urilgandi
Ayni vaqtda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Malayziyaga qarshi bahs olib bormoqda. Unda vakillarimiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonyapti.
Yagona golni penaltidan Jasur Jaloliddinov kiritdi. U jamoamizning musobaqadagi ilk goliga mualliflik qildi.
Qizig‘i, O‘zbekistonda o‘tgan turnirda ham dastlabki golimiz penaltidan urilgandi. Turkmaniston bilan uchrashuvda Ulug‘bek Hoshimov 11 metrlik nuqtada adashmagandi. Uning goli evaziga olimpiyachilarimiz 1:0 hisobida zafar quchgan.
Fikrlar