
U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston guruhni yuz foizlik natija bilan yakunladi, endi amaldagi chempionlar bilan kuch sinashamiz
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Alisher Odilov dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bir gol Ruslanbek Jiyanov nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari 9 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finaldagi raqibimiz Saudiya Arabistoni bo‘ladi.
Vetnam esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ular navbatdagi bosqichda Iroq bilan kuch sinashadi.
- Osiyo - OFK U23 Osiyo kubogi
- Guruh bosqichi

O'zbekiston
- A. Odilov 4'
- A. Odilov 40'
- R. Jiyanov 36'
Tugadi
3
:
0
23.04.2024 20:30

Fikrlar