U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston ikkinchi turda Eron bilan durang o‘ynadi
Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi davom etmoqda.
“C” guruhining ikkinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Eron uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, vakillarimizning ochkolari 4 taga yetdi va ular guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya ham 4 ochko jamg‘argan bo‘lib, to‘plar nisbatining yaxshiligi evaziga peshqadam hisoblanadi.
Fikrlar