
U-23 Osiyo kubogi saralashi. Norchaev xet-trik, Jaloliddinov esa dubl qilgan o‘yinda O‘zbekiston Afg‘onistonni yanchib tashladi!
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-turi doirasida O‘zbekiston - Afg‘oniston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz o‘ta yirik 8:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz safida gollarni Norchaev (xet-trik), Jaloliddinov (dubl), Davronov, Odilov va Hamraliev mualliflik qildi. Raqibning yagona goli Husayn Zamoni nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, olimpiyachilarimiz ilk turdagi dahshatli g‘alaba evaziga turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. Navbatdagi 2-tur o‘yini 9 sentyabr kuni 19:00 da Gongkong termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar