U-23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekistonga ayanchli tarzda yutqazgan Afg‘oniston bu safar Eronga mag‘lub bo‘ldi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi davom etmoqda. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi joy olgan "E" guruhida 2-turning dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Afg‘oniston va Eron terma jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda forslar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Eron termasi safida gollarga Muhammad G‘urbani, Husseyn Gudarzi, Olloyor Sayyadmanesh va Muhammadjavad Husseynnajad mualliflik qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston ilk turda O‘zbekistonga 1:8 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Eron esa Gongkongni 3:0 hisobida taslim qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ХОЛМУРОДОВ АМИР
09/09/2023 20:37
Хакикатдан хам Эрон кучли жамоа химоявий тактикада уйнаш керак менимча
Эргашев Файзулло
09/09/2023 19:00
Туплар нисбатига биринчи уриндамиз лекин Эрон кучли эхтиёт булиш керак Бир гол хал килиши мумкин оматд тилайман Узбекистон олга