
U "Barselona"dan ketishga rozi bo‘ldi
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manabaga ko‘ra, dastlab 27 yoshli frantsiyalik futbolchi bunga ko‘nmagan, ammo klub rahbariyati unga yangi mavsumda tarkibda joy yo‘qligini ma’lum qilgandan so‘ng fikri o‘zgargan.
Umtiti boshqa jamoaga o‘tgan taqdirda ham "Barselona" uning maoshining bir qismini to‘lab beradi. Samuelning yillik maoshi 16 mln evroni tashkil etadi.
Umtiti o‘tgan mavsum "Barselona" safida jami 16 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar