U endi "Barsa"ning almashtirib bo‘lmas futbolchisi emas!

  • 8 mart, 2023, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xordi Alba "Barselona"dan ketsa, klub uning o‘rniga boshqa pozitsiyaga futbolchi olib kelishi mumkin.

33 yoshli chap qanot himoyachisi endi "ko‘k-anorranglilar" uchun almashtirib bo‘lmas futbolchi hisoblanmaydi va klub maoshlarni kamaytirish uchun uni yozgi transfer oynasida sotib yuborishi masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Jurnalist Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, “Barselona”da Albaning ketishiga hozirdanoq tayyorgarlik rejasi bor: asosan himoya markazida o‘ynaydigan Markos Alonso o‘zining odatiy chap qanotiga o‘tkaziladi va markazda uning o‘rnini yangi futbolchi egallaydi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Xordi Alba “Barselona” tarkibida 22 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi hamda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!