U Frantsiya terma jamoasida kimligini ko‘rsatib qo‘ydi

  • 1 aprel, 2021, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann “JCh-2022” Evropa mintaqasi saralashining 3-turida Bosniya va Gertsegovinaga (1:0) qarshi o‘yinda jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Tecno

Bu "Barselona"ning 30 yoshli hujumchisi uchun terma jamoa safidagi 35-gol sifatida qayd etildi. Buning uchun unga 89 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Shu tariqa, Grizmann Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida David Trezegeni (71 ta o‘yinda 34 ta gol) ortda qoldirdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Hozircha, Grizmanndan yuqori o‘rinlarda Mishel Platini (72 ta o‘yinda 41 ta gol), Olive Jiru (106 ta o‘yinda 44 ta gol) va Terri Anri (123 ta o‘yinda 51 ta gol) qayd etilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!