
U jamoani o‘z ortidan ergashtira olmaydi
“Roma” afsonasi Franchesko Totti rimliklarning iste’ddli futbolchisi Nikolo Dzanolo haqida fikr bildirdi.
Totti 23 yoshli hujumkor futbolchining asosiy kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘layotganini tahlil qilib berdi.
- Dzanoloning maydondagi rolini bilasizlarmi? U qaysi pozitsiyada o‘ynashi kerak?
Bu savollarga javobni hech kim bilmaydi.
Nikolo qanot hujumchisi sifatida o‘ynasa, to‘g‘ri qaror qabul qilishda oqsaydi. Shu bois, jamoani o‘z ortidan ergashtira olmaydi. Futbolda turli darajalar mavjud. Zo‘r o‘yinchilar va chempionlar bor. Agar oldinga qadam tashlamoqchi bo‘lsangiz, ishtiyoq va maqsad to‘g‘ri bo‘lishi kerak, - dedi Franchesko Totti.
Fikrlar