Anchelotti “Real” futbolchisining transferiga qarshi edi
Yozda “Real”ning braziliyalik legioneri Kazemiro klubni tark etib Angliya Premer-ligasiga yo‘l oldi. “Manchester Yunayted” bu futbolchi uchun “Qirollik klubi” g‘aznasiga 80 million evro o‘tkazib berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 30 yoshli yarim himoyachining sotib yuborilishiga qarshi bo‘lgan.
Italiyalik mutaxassis tayanch zonada Kazemiro va Chuamenini almashtirib o‘ynatmoqchi edi. Lekin klub xo‘jayinlari ketishni ixtiyor etgan Kazemironi ushlab qolishni istamadi va manchesterliklarning taklifini qabul qildi.
Anchelotti qo‘l ostida "Real" futbolchilari o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib, bosh sovinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar