U Ronalduning o‘rnini egallaydi
“Yuventus” yozda Krishtianu Ronalduni “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborganidan keyin gol urish masalasida jiddiy muammoga duch keldi.
Turinliklar chempionat boshlanganidan beri atigi 23 ta gol urdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli o‘nlikka kiruvchi jamoalar o‘rtasida eng oxirgi natijani qayd etib turibdi.
Shu bois, “Yuventus” rahbariyati jamoaga ko‘p gol ura oladigan hujumchi taklif qilishni ma’qulladi. Ular bu vazifaga “Bavariya”ning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovskini olib kelmoqchi.
Bundesliga chempioni polshalik hujumchini sotib yuborishga tayyor. Myunxenliklar uning o‘rniga Erling Xolandni olish bo‘yicha ish boshlamoqchi.
Yozda Evropaning eng zo‘r to‘purarlari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar