
"U Varan yoki Lisandroni quvib chiqarishi kerak"
"Liverpul" klubi sobiq bosh murabbiyi Grem Suness Xarri Maguayrni qo‘llab quvvatladi:
"Xarri Maguayrning o‘yinidan mamnunman. 2022 yilgi Mundial oldidan Xarrini ko‘pchilik tanqid qilayotgandi. Biroq Maguayr ular o‘ylagandan ko‘ra, yaxshiroq edi.
Chindan ham, Xarri mundialni ajoyib tarzda o‘tkazdi. Endi u asosiy tarkibdan Lisandro yoki Varanni quvib chiqarishi kerak. O‘ylaymanki, Maguayr bunga qodir ", - dedi Sunnes.
Ma’lumot uchun, Angliya JCh-2022'da chorak finalga qadar etib bordi. 29 yoshli fulbek jamoasining barcha uchrashuvlarida asosiy tarkib futbolchisi bo‘ldi.
Fikrlar