U17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
2026 yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston "D" guruhidan o‘rin oldi. Guruhimizda Avstraliya, Hindiston va KXDR bizga raqiblik qiladi.

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tib beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar