Uaylder Meyvezer rekordlarini yangilamoqchi
Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylder mag‘lubiyatsiz janglar bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer rekordini yangilamoqchi. Meyvezer hisobid 50 g‘alaba mavjud bo‘lsa, Uaylder ayni damda 39 jangda zafar quchgan.
– Men o‘z oldimga Meyvezerning mag‘lubiyatsiz rekordini yangilashni maqsad qildim. Hozir men faqatgina faoliyatimning eng yuqori cho‘qqisiga chiqyapman. Bu barcha rekordlar aniq zabt etiladi. Men buning ortidan quvmayman, ammo bu natija yomon bo‘lmasdi. Men hattoki, yoshi katta jahon chempioni Jorj Formenni ham quvib o‘ta olaman, – deya Uaylderning so‘zlarini keltiradi Yahoo nashri.

Fikrlar