Uaylder: Navbatdagi raqibim Fyuri, keyin esa Ruis - Joshua bahsi g‘olibi!

  • 24 noyabr, 2019, 15:33
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder Luis Ortisga qarshi kechgan "revansh" jangidagi g‘alabasidan keyin, kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Navbatdagi raqibim Tayson Fyuri. Shundan keyin, Ruis - Joshua jangi g‘olibiga qarshi jang olib bormoqchiman.

Biz Tayson Fyuri bilan to‘qnashishga tayyormiz. Umid qilamanki, u ham menga qarshi bahslashishga tayyor," - dedi Uaylder.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi "revansh" janggi 22 fevral kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Dastabki jangda g‘olib nomi aniqlanmagan edi va durang qayd etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!