Uaylder qachon jang o‘tkazishini aytdi
Super og‘ir vaznda WBC yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder navbatdagi jangini mart oyida o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Tez orada men yana jang qilaman. Bu mart oyi bo‘ladiganga o‘xshayapti. Men xatolarimni tuzatish uchun har kuni mashq qilmoqdaman”, – dedi Uaylder.
Eslatib o‘tamiz, o‘zining so‘nggi jangida Uaylder(43-3-1, 42 KO) hakamlarning yakdil qarori bilan Jozef Parker(34-3, 23 KO)ga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar