Uch superklub mashhur futbolchining Saudiyadan qaytishiga joy tayyorlab qo‘ydi

  • 03.01.2026 10:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi himoyachisi Joau Kanselu qishki transfer oynasi davomida jamoani tark etishi ehtimoli yuqori ekanligi aytilmoqda.

Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Inter” rahbariyati “Al-Hilol”ga portugalik futbolchini ijaraga olish masalasida murojaat qilgan.

Shuningdek, “Barselona” va “Yuventus” ham Joau Kanselu atrofidagi vaziyatni kuzatib, saudiyaliklar bilan aloqani ushlab turibdi.

31 yoshli Joau Kanselu 2024 yilning yozidan buyon Saudiya Arabistonida faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy mavsumda tajribali futbolchi klub miqyosida atigi oltita o‘yin o‘tkazib, bir gol urgan va ikki golli uzatmani amalga oshirgli.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Nufuzli Transfermarkt internet-portali portugalik futbolchining bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Ilgari Kanselu o‘ziga xaridor bo‘layotgan “Inter”, “Barselona” va “Yuventus” jamoalarida to‘p tepgan. Shuningdek, u faoliyati davomida “Bavariya”, “Manchester Siti”, “Valensiya” hamda “Benfika” kabi mashhur klublar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!