Uchar qanotlar! "Barselona"ga yana bir super vinger kelishi kutilyapti
"Barselona" "Atletik" forvardi Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 21 yoshli yarim himoyachining transfer variantlarini avval xabar qilinganidek, 2025 yilda emas, balki yozgi transferlar oynasi vaqtida ko‘rib chiqmoqchi. Futbolchining tovon puli 50 million evro etib belgilangan.
Bu transfer orqali "Barselona" nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki jamoada raqobatni yuzaga keltirish va hujum chizig‘idagi ba’zi o‘yinchilarga klubni tark etishlari osonroq bo‘lishi uchun "signal yuborish"ga umid qilmoqda.
Hozirda "Blaugrana"ning iqtisodiy ahvoli yaxshi emas va klub birinchi navbatda yarim himoyachi sotib olishga e’tibor qaratgan.
Niko Uilyams joriy mavsum La Ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar