
UEFA Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi uchun qur’a tashlash marosimining yangilangan shakli va qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumot
UEFA 2024/25 mavsumdan boshlab klub musobaqalarini o‘tkazishdagi o‘zgarishlarni elon qildi.
Birinchidan, an’anaviy to‘rtta jamoadan iborat guruh bosqichi o‘rniga jamoalar yaxlit ligadan o‘rin oladi.
Bunda saralash bosqichidan o‘tgan 36 jamoaning har biri sakkiztadan o‘yin o‘tkazadi: to‘rttasi o‘z uyida va to‘rttasi safarda. Eng yaxshi natijalarni qayd etgan sakkizta jamoa avtomatik tarzda 1/8 finalga yo‘llanma oladi.
Pley-off ishtirokchilari qay tarzda aniqlanadi?
To‘qqizinchi va yigirma to‘rtinchi o‘rin oralig‘idagi jamoalar 1/8 final yo‘llanmasi uchun ikki o‘yindan iborat bahs o‘tkazishadi.
Yigirma beshinchi va undan pastki pog‘onalardagi jamoalar evrokuboklarni tark etishadi.
Yana bir o‘zgartirishda qur’a tashlash an’anaviy holda emas, balki kompyuter dasturlari yordamida o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Qur’a marosimi qachon bo‘lib o‘tadi?
UEFA Chempionlar ligasiga qur’a tashlash marosimi 29 avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
Evropa Ligasi va Konferentsiyalar Ligasi uchun qur’a tashlash marosimi esa 30 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi.
UEFA Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi doirasidagi guruh bosqichi o‘yinlarining to‘liq taqvimi 31 avgust kuni e’lon qilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar