UEFA Federiko Valverdega nisbatan jazo qo‘llamaydi

  • 24.02.2026 00:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

UEFA "Real Madrid" yarim himoyachisi Federico Valverdega nisbatan intizomiy chora qoʻllamaslikka qaror qildi.

Evropa Chempionlar ligasida 1/8 finalga chiqish uchun oʻtkazilgan ilk oʻtish bahsida "Benfika" oʻz maydonida 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Uchrashuvning 82-daqiqasida Valverde raqib himoyachisi Samuel Dalni urib yuborgan, futbolchi maydonga yiqilib, chakkasini ushlab qolgan. Biroq bosh hakam Fransua Leteksye urugvaylik futbolchini jazolamagan.

"Benfika" mazkur epizod yuzasidan UEFAga shikoyat kiritgan va Valverde qizil kartochka olishi kerak edi, deb hisoblagan. Biroq "El Partidazo de COPE" maʼlumotiga koʻra, tashkilot portugaliyaliklar shikoyatini rad etgan. Shu tariqa, Valverde oʻz harakati uchun jazosis qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!