
UEFA Frantsiya terma jamoasini 20 ming evro jarimaga tortdi
UEFA Evro-2020 saralashi doirasida Albaniyaga qarshi o‘yindan oldin sodir etilgan qoida buzilish uchun Frantsiya terma jamoasini 20 ming evro jarimaga tortdi. Bu haqda RFI xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, frantsuzlar Parijdagi o‘yinda Albaniya davlat madhiyasi o‘rniga adashib Andorra madhiyasini qo‘yib yuborishgan edi. Natijada ushbu bahs kechroq boshlandi. Chunki, albaniyalik futbolchilar o‘z mamlakatlari madhiyasi yangramagunicha o‘yinni boshlashdan bosh tortishdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu holatdan so‘ng shaxsan Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Albaniya terma jamoasi oldida uzr so‘ragan.
Fikrlar