UEFA Konferentsiyalar ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi. Ular orasida "Roma" a’zosi ham bor

  • 11.03.2022 16:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

UEFA Konferentsiyalar ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi.

UEFA rasmiy saytida ko‘rsatilgan short-listdan Luis Sinisterra ("Feyenoord"), Pep Bel ("Kopengagen"), Arkadiush Milik ("Marsel") va Ruy Patrisiu ("Roma") joy oldi.

1) Sinisterra "Partizan"ga (5:2) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi;

2) Bel PSVga (4:4) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi;

3) Milik "Bazel"ga (2:1) qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi;

4) Patrisiu "Vitess"ga (1:0) qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 5 ta 5 seyv ko‘rsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!