UEFA Millatlar ligasi. Gollarga boy kechgan o‘yinda Ispaniya Angliyani mag‘lub etdi
UEFA Millatlar ligasining 1-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. «A» guruhidagi markaziy bahsda Angliya o‘z maydonida Ispaniyani qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab, 2-daqiqadayoq raqib himoyachisining xatosidan Lamin Yamal unumli foydalanib, hisobni ochdi. 36-daqiqada Antoni Gordon muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 40-daqiqada Harri Keyn inglizlarni oldinga olib chiqdi.
«Qizil furiya» ikkinchi bo‘limda qaytishni amalga oshirdi. 60-daqiqada Aleks Baena oradagi farqni yo‘qqa chiqardi, 74-daqiqada esa Mikel Oyarsabal jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi — 2:3.
Shu tariqa, ispanlar 1-turda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Qolgan uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing.
Sloveniya 0:0 Shotlandiya
Bolgariya 1:2 Lyuksemburg
Islandiya 1:1 Estoniya
San-Marino 0:7 Finlandiya
Farer orollari 1:1 Qozog‘iston
Albaniya 2:0 Belarus
Slovakiya 2:0 Moldova
Shimoliy Makedoniya 0:3 Shveytsariya
Angliya 2:3 Ispaniya
Chexiya 1:2 Xorvatiya

Fikrlar