
UEFA Millatlar ligasining final bosqichida VAR tizimi ishlaydi
UEFA Millatlar ligasi turnirining final bosqichida videoassistent referi (VAR) tizimidan foydalaniladi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bungacha UEFA videoassistent referi tizimida Evropa ligasi finali va Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan boshlab foydalanishga tadbiq qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Millatlar ligasi musobaqasining final bahslari 5-9 iyun kunlari Portugaliyada bo‘lib o‘tadi. Unda Angliya, Portugaliya, Shveytsariya va Gollandiya terma jamoalari ishtirok etadi.
Fikrlar