
UEFA Millatlar ligasining final uchrashuvini boshqaradigan hakam nomi e’lon qilindi
UEFA 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi final uchrashuvini boshqaradigan hakamni e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha Portugaliya va Gollandiya o‘rtasidagi bahsni ispaniyalik mashhur refri Alberto Undiano Malenko boshqarib boradi. Ta’kidlash kerakki, bu 45 yoshli hakam uchun faoliyatidagi so‘nggi uchrashuv bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya – Gollandiya o‘yini 9 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar