UEFA Rossiya terma jamoasining bo‘lajak musobaqalardagi ishtirokiga oydinlik kiritdi

  • 26.01.2026 18:31
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

UEFA Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumiga qur’a tashlash uchun savatchalar tarkibini e’lon qildi. Ishtirokchilar orasida Rossiya terma jamoasi yo‘q. UEFAning bunday qaroridan  ajablanmasa ham bo‘ladi. Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan sanktsiyalar ishlashda davom etmoqda. Jumladan FIFAdagilar ham ruslarni har qanday rasmiy musobaqalarda ishtirok etishiga qarshi. Bu sanktsiyalar amal qila boshlanganiga ham 4 yildan o‘tdi. Rossiya terma jamoasi faqatgina o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish huquqiga ega xolos. Qur’a tashlash marosimi 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!