UEFAga taqlid qilgan OFK! Kelasi mavsum "Chempionlar ligasi" va "Evropa ligasi"da qaysi klublarimiz harakat qiladi

  • 13 iyul, 2024, 19:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Habaringiz bor, yangi 2024/2025 yilgi mavsumdan e’tiboran Osiyo chempionlar ligasi yangicha formatda o‘tkazilishi belgilangan. 

Yangilik bo‘ladigan jihati shuki, xuddi UEFA shafe’ligidagi musobaqalarga o‘xshab uchta darajali turnirlar o‘tkaziladi. Qit’aning eng nufuzli musobaqasi endilikda ELIT chempionlar ligasi deb ataladi va unda OFK koeffitsientlar jadvalining eng yuqori o‘rinlaridagi jamoalar bellashadi. Yangicha formatdagi oliy musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etishi belgilangan. Hozirga qadar esa naqd 21 ta klub allaqachon o‘z ishtirokini kafolatlab bo‘lgan. Janubiy Koreyadan 3 ta - “Gvanju”, “Poxang Stilers” va “Ulsan Xyunday Motors”. Shuningdek, Yaponiyadan xam 3 ta - “Kavasaki Frontale”, “Vissel Kobe” va “Yogokama Marinos”. Bundan tashqari, Xitoydan 2 ta “Shanxay Shenxua” va “Shanxay Port”, Tailanddan “Buriram Yunayted”, Avstraliyadan - “Tsentral Kost Marines”, Malayziyadan “Johor Darul Ta’zim”, Saudiya Arabistonidan “Al-Axli”, “Al-Xilol” va “An-Nassr”, Qatardan “Ar-Rayan” va “As-Saad”, Birlashgan Arab Amirliklaridan “Al-Ayn” va “Al-Vasl”, Erondan “Persepolis” va “Istiqlol Texron” jamoalari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Quvonarli jihati, mazkur turnirda O‘zbekistondan ham jamoa ishtirok etadi. Mamlakatimiz sharafini “Paxtakor” ximoya qiladi. Qolgan 3 jamoa nomi pley-off bahslaridan keyin ma’lum bo‘ladi. 

Nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi musobaqa OFK ikkinchi chempionlar ligasi deb nomlanadi. Unda biz oldindan o‘rganib qolgandek 32 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bu musobaqada ham O‘zbekiston uchun 1 ta kvota ajratilgan. Bu turnirda mamlakatimiz sharafini O‘zbekiston kubogi g‘olibi (yangi mavsumda "Nasaf") himoya qiladi. Agarda ham chempion, ham kubok sohibi bir jamoa bo‘lsa, u holda Superligada kumush medallarni qo‘lga kiritgan jamoa mazkur turnirda ishtirok etadi. 

Uchinchi darajali musobaqa “Chaqiruv Ligasi” deb nomlangan bo‘lib, nufuzi avvalgi OFK kubogi turniriga teng xisoblanadi. Afsuski, bu erda bizning klublarimiz uchun kvota ajratilmagan.

Ayrim yillar davomida naqd to‘rtta klublarimiz Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etib keldi. Biroq natijalar umuman ko‘ngildagidek bo‘lmadi. 90-95 foiz holatlarda guruh bosqichidayoq klublarimiz o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. O‘ylaymizki, shu ikki ligada ishtirok etuvchi klublarimiz buyog‘iga ijobiy natijalar qayd etib, klublarimiz uchun ajratilgan kvotalar soni oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!