Uesli Sneyder faoliyatini yakunladi

  • 12.08.2019 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gollandiyalik mashhur yarim himoyachi Uesli Sneyder futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 35 yoshli Sneydernning so‘nggi jamoasi Qatarning "Al-Garafa" klubi bo‘lgan edi. U shuningdek "Ayaks", "Real", "Inter", "Galatasaroy" va "Nitstsa" kabi jamoalarda to‘p surgan. Gollandiya terma jamoasi safida esa 134ta o‘yinda maydonga tushib, 31ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!