“Ufa”: “Spartak” bilan aniq kelishuvimiz yo‘q. O‘runov transferi qachon hal bo‘ladi?

  • 22 iyul, 2020, 05:10
  • 0
  • Futbol

“Ufa” vasiylik kengashi raisi Rostislav Murzagulov jamoa yozgi transferlar vaqtida qator futbolchilar bilan xayrlashishini bildirdi.

- Pandemiya sabab klubning xarajatlari smetada belgilanganidan o‘tib ketdi. Biz uch-to‘rt futbolchini transfer qilamiz. “Spartak”gami yoki “Reynjers”gami, farqi yo‘q. O‘yinchilarimizga ko‘plab klublar qiziqish bildirmoqda. Aynan “Spartak” bilan hech qanday kelishuvimiz yo‘q. Moskvaliklar bosh direktori Shamil Gazizov bilan 23 iyul kuni uchrashamiz. O‘shanda undan yaxshi taklif bo‘lsa, ko‘rib chiqamiz, - dedi Rostislav Murzagulov.

Kutilayotgan uchrashuvda katta ehtimol bilan o‘zbek futbolchisi Oston O‘runov transferi muhokama qilinadi. “Spartak” mutasaddilari hamyurtimiz bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan haqida xabarlar tarqatilmoqda. Qolaversa, Shamil Gazizov ham “Ufa”ga o‘zi olib kelgan O‘runovni “Spartak” olmoqchiligini inkor qilmadi.

Demak, tez kunlarda O‘runovning transferi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar tarqatilishi kutilmoqda. Qolaversa, ayni paytda "Zenit", "Lokomotiv" va "Krasnodar" ham Ostonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!