
"UFC 251". Kamaru Usman va Xorxe Masvidal o‘rtasidagi jang yakunlandi
BAAning Abu-Dabi shahrida "UFC 251" turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida Kamaru Usman Xorxe Masvidalga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
To‘liq 5 raund davom etgan jangda hakamlar Usmanning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, nigeriyalikning chempionlik kamari o‘zida qoldi.
Avvalroq, Volkanovski Xelloueyga qarshi revansh jangini o‘tkazib, o‘z kamarini himoya qilgandi. Bundan tashqari, Pyotr Yan Joze Aldo ustidan g‘alaba qozondi va vaqtinchalik chempionga aylangandi.
Fikrlar