"UFC 255"da sobiq chempion jang qiladi

  • 21.10.2020 00:03
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Joze Aldoning navbatdagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.

21 noyabr kuni "UFC 255" doirasida braziliyalikka engil vazn toifasining 15-raqamli jangchisi Marlon Vera raqib bo‘ladi.

Ushbu musobaqaning markaziy jangida Deyveson Figeredo va Aleks Peres o‘zaro to‘qnash keladi.

Vera "UFC 252" turnirida Shon O'Mellini mag‘lub etgan bo‘lsa, Aldo iyun oyida Petr Yanga imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!