
UFC 269. Taxtdan qulagan Amanda, kamar yo‘lida yana bo‘g‘ilgan Pore (foto)
Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari! Bugun barchamiz sabrsizlik bilan kutgan "UFC 269" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Birozdan so‘ng, kechaning asosiy kard janglari start oladi. Ushbu to‘qnashuvlarni siz bilan Jaloliddin Qobiljonov matnli translyatsiya tarzida kuzatib boradi.
10:50. Barchangizga kuzatib borganingiz uchun tashakkur!
10:40. ChARLЬZ OLIVEYRAAAA! Dastin Porega qarshi jangda kamarini munosib himoya qildi. Oliveyra uchinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozondi.
10:32. Birinchi raundda sportchilar ochiq jang namoyish qilishdi. Bu "T-Mobile Arena"ga yig‘ilgan muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
10:26. Birinchi raund boshlandi!
10:16. Sportchilar birn-ketin oktagonga ko‘tarilmoqda. Birinchi bo‘lim Pore chiqib keldi
10:09. Kechaning asosiy janggi boshlanish arafasida. Pore Oliveyraga qarshi!
10:03. NAHOTKI! YaNGI ChEMPIOOOOOON! Julianna Penya ikkinchi raundda Amanda Nunesni bo‘g‘ib qo‘ydi!
9:56. Birinchi raundni Amanda nazoratida o‘tkazdi.
9:41. Navbatdagi jang ayyollar o‘rtasida engil vaznda chempionlik janggi bo‘lib o‘tadi. Mutloq chempion Amanda Nunes Julianna Penyaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
9:36. Bizdan uzoqlashmang! Oldinda ikkita chempionlik janggi kutib turibdi...
9:31. To‘liq davom etgan jangda Nil hakamlar qaroriga ko‘ra Ponzinibbioni mag‘lub etdi. Hisob 49-48
9:05. Qadrli UFC muxlislari janglar davom etadi. Navbatdagi to‘qnashuv yarim o‘rta vaznda bo‘lib o‘tadi. Mezbonlar vakili Nil argentinalik raqibi Ponzinibbioga qarshi jang qiladi.
8:52. VUUUUHHH! Kara-Frens Kodi Garbrantga zarbalar "yomg‘iri"ni yog‘dirdi. Kodi yangi vaznda ham navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
8:47. Navbatdagi jang eng engil vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Kara-Frens Kodi Garbrantga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
8:30. ShON O'MELI! Birinchi raundning so‘ngi daqiqasida chiroyli seriyadan so‘ng Shon Peyvani nokaut qildi.
8:21. Sportchilar oktagonga ko‘tarildi. Buyog‘i endi Bafferning ishi ...
8:06. Asosiy kardni engil vazndagilar Peyva hamda Shon O'Emelli boshlab beradi.
8:02. Biroz zerikarli kechgan Prelim kardning so‘ngi janggida Josh Emmet hakamlar qaroriga ko‘ra, Igeni mag‘lub etdi.
7:37. Yarim o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi Josh Emmet va Ige oktagonga ko‘tarilmoqda.
7:30. DOMENIK KRUUUUZ! To‘liq 3 raund davom etgan jangda hakamlarning qaroriga ko‘ra, Kruz g‘olib, deb topildi.
7:28. Qiziqarli tarzda kechgan jang nihoyasiga etdi. Endi hakamlar qarorini ko‘tamiz...
7:22. Birinchi raundni Munos o‘z foydasiga hal etgan bo‘lsa, ikkinchi raundda Kruz faolroq ishladi. Oldinda hal qiluvchi raund.
7:08. Engil vazn toifasidagi sportchilar Pedro Munos va Domenik Kruz ishtirokidagi jang boshlanish arafasida. Baffer sportchilarni tanishtirmoqda.
6:48. VUUUH! TUIVASAAAAA! Ikkinchi raundning dastlabki soniyalardan avstraliyalik sportchi raqibiga zarbalar yomg‘irini taqdim etdi. Sakai og‘ir zarbalardan so‘ng oktagonga quladi.
6:47. Birinchi raunddan so‘ng zarbalar bo‘yicha Sakai ustunlik qilmoqda.
6:41. Yarim o‘rta vazndagi jangchilar Tuivasa va Sakai oktagonga ko‘tarildi.
6:28. Prelim kardning ilk janggi nihoyasiga etdi. O‘rta vazndagilar o‘rtasida kechgan bahsda Bruno Silva ilk raunddayoq Jordan Raytni mag‘lub etdi.
Fikrlar