UFC 279: Moldovalik "Xalk" ishtirokidagi jang yakunlandi

  • 11 sentabr, 2022, 07:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC olamining eng shov-shuvli turniri sifatida tarixdan joy oladigan, "UFC 279" turniri ayni vaqtda davom etmoqda va prelim kard yakunlanib, asosiy janglarga start berildi. 

Tecno

Asosiy kardning dastlabki jangi yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida bizga yaxshi tanish bo‘lgan, o‘z vaqtida marhum Murod Xonto‘raev bilan jang qilgan va mag‘lubiyatga uchragan moldovalik "Xalk"Ion Kutselaba braziliyalik Jonni Uokerga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, ushbu jang har ikkisi uchun juda muhim edi. Jumladan, Uoker ketma-ket 2 mag‘lubiyatga uchragandi. Kutselaba ham so‘ngi jangida Rayan Spenn bilan bahsda omadsizlikka uchragan edi. 

Mazkur jangda moldovalik jangchi yaxshi boshlagandi. Biroq Uoker uchun bu so‘ngi imkoniyat edi. Katta ehtimol bilan mag‘lubiyatga uchrasa, promoushenni tark etardi. Shuni xis qilgan braziliyalik atlet tashabbusni qo‘lga oldi va "parter"dagi ajoyib harakatlar evaziga 1-raund yakunida "sabmishen" evaziga g‘alaba qozondi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!