"UFC 296" turnirida promoushenning yaqin o‘tmishi va kelajagi jang qiladi!
Engil vazn (70,3 kg)toifasida “vaqtinchalik” UFC chempioni darajasiga ko‘tarila olgan, so‘nggi paytlarda faoliyatida og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan Toni Fergyuson (25-9) o‘zining navbatdagi jangini 16 dekabr kuni Las-Vegasda “UFC 296” turnirida jang qiladi. U promoushenning kelajagi deya baholanadigan, istiqbolli britaniyalik Peddi Pimblettga (20-3) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda MMA Junkie xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fergyuson so‘nggi jangini shu yilning iyul oyida Bobbi Gringa qarshi o‘tkazib,bo‘g‘ish uslubiga tushib qolgan holda, yutqazgandi. Bu mag‘lubiyat uning qatorasiga oltinchi mag‘lubiyati bo‘lgan edi. Pimblettga kelsak, aksincha, u g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. U so‘ngi jangini o‘tgan yilning dekabr oyida Jared Gordonga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida ustun kelgandi.
Fikrlar