
"UFC 312" turniriga ikkata super jang qo‘shildi
Xabaringiz bor, 2025 yilning 9 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida "UFC 312" turniri bo‘lib o‘tadi.
Kechaning asosiy to‘qnashuvida o‘rta vaznda amaldagi chempion Drikus Dyu Plessi (22-2) amerikalik Shon Striklend(29-6)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Musobaqaning "co-main event" jangida esa xitoylik chempion Chjan Veyli (25-3) va Tatyana Suares (10-0) o‘zaro kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, Dyu Plessi "UFC 297" turnirida Striklendni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etib, kamarni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar