"UFC 327" turnirining chiptalar narxi e'lon qilindi

  • 09.04.2026 12:23
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Soʻnggi paytlarda "UFC 327" turnirining chiptalari savdosi juda past ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirga kelib, ushbu maʼlumotlar yetarli asosga egaga koʻrinmoqda.

Aniqroği, UFC turnirlaridan bir necha kun oldin Mayamida yaqqol koʻzga tashlanadigan anshlak hozircha asar yoʻq. 

Ehtimol bunga bir vaqtning oʻzida bir nechta omillarning kombinatsiyasi taʼsir qilgan boʻlishi mumkin.

1. Xorijiy OAV maʼlumotlariga koʻra, 12 aprel kuni Kaseya Center arenasida boʻlib oʻtadigan turnirda hali ham sotilmagan chiptalar koʻp. Ayni paytda ham turli narxdagi chiptalarni topish mumkin.

2. Narx chegarasi. Ushbu holatning asosiy sabablaridan biri narxning yuqoriligi hisoblanadi. Hatto UFC narxlarni pasaytirgandan soʻng ham, eng arzon chipta taxminan 200-220 dollarga tushmoqda. Shuningdek, joylashuviga qarab, deyarli $9000 lik oʻrindiqlarni ham topish mumkin.

3. Kard bogʻliq muammolar. Markaziy janglardan birini yoʻqotish vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi. Joshuа Van va Tatsuro Tayra oʻrtasidagi chempionlik jangi myanmalikning jarohati tufayli bekor qilindi. Natijada, kardning jozibadorligini pasaydi.

4. Super yulduzlarning yoʻqligi. Irji Prohazka va Karlos Ulberg oʻrtasidagi yarim ogʻir vazn toifasidagi vakant unvon uchun bahs muhim voqea boʻlsa-da, butun arenani toʻldiradigan mashhur nom yetishmayapti. 

Aftidan, yuqori narx va ishtirokchilarning nisbatan kamtarona tarkibi kombinatsiyasi hatto MMA anʼanaviy ravishda sevilgan shaharda ham talab kutilganidan pastroq boʻlishiga olib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!