UFC chempioni Rossiyaning eng kuchli 5 jangchisini aytdi

  • 10 oktabr, 2020, 14:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Pyotr Yan “SE”ga bergan intervyusida ayni paytda vazn toifasidan qat’i nazar, Rossiyaning eng yaxshi MMA jangchilari borasidagi fikrini bildirdi.

Tecno

- O‘zingizdan tashqari "top-5"ga kimlarni kiritgan bo‘lardingiz?

“Fedor, Habib, Magomed Ismoilov ham yaxshi ishlaydi - u o‘ziga xos shou qiladi. Zabit, Aleksandr Volkov ... Vadim Nemkov ham munosib va kuchli jangchi ... Bizda juda yaxshi jangchilar bor, eng yaxshi beshlikdan o‘rin egallash qiyin”, - dedi Yan.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Yan MMAda 15 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!