Asosiy mazmunga oʻtish

UFC chempionidan noxush xabar: tiklanish vaqti yana cho‘zildi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Tom Aspinall oktagonga mashg‘ulotlarga qaytish muddatini ma’lum qildi

Angliyalik MMA ustasi Tom Aspinall "UFC 321" turnirida Siril Ganga qarshi jangda ko‘zidan jarohat olgandi. Shundan so‘ng hali oktagonga qaytmadi. Tiklanish jarayoni ham tobora cho‘zilib bormoqda.

"Hozirgina tekshiruvdan o‘tdim. Darhol jang qilishimga ruxsat beriladi, deb o‘ylagandim, biroq shifokorlar yana bir necha oy kutishim kerakligini aytdi. Ko‘zlarimdagi hujayralar tiklanishi uchun biroz ko‘proq vaqt kerak ekan. Tuzalim bilanoq, darhol mashg‘ulotlarga kirishaman", – dedi Angliya vakili.

Eslatib o‘tamiz, Aspinall – og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni hisoblanadi. Aleks Perreyra va Siril Gan esa 15 iyun kuni Oq Uyda vaqtinchalik kamar uchun jang qilishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q